Samarqandda "O‘qituvchilar olimpiadasi"ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Iqtidorli o‘qituvchilarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan "O‘qituvchilar olimpiadasi" bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun Samarqand shahridagi 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘qituvchilar olimpiadasi”ning viloyat bosqichiga start berildi. Jarayonda 190 nafardan ortiq o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilarning ishlarini baholash uchun Samarqand davlat  universiteti, viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, akademik litseylarining aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchlaridan iborat hakamlar hay’ati shakllantirilgan. 

Olimpiada adolatli va shaffof o‘tishi uchun jarayonni onlayn tarzda kuzatish imkoni yaratilgan.