Samarqandda qancha ishsiz bor? O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar qancha?

Viloyatdagi mavjud 1114 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida joriy yilning 9 oy davomida bandlikka ko‘maklashish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish yo‘nalishidagi bajarilgan ishlar monitoring qilindi.

Natijada 51697 nafar ishsiz fuqarodan 43862 nafarining bandligi ta’minlandi.
Doimiy ishlarga joylashgan fuqarolar 26098 nafarni, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan fuqarolar 6684 nafarni, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar 8685 nafarni, tadbirkor va fermerlarga biriktirish orqali bandligi ta’minlangan fuqarolar 2148 nafarni, kooperatsiyalarga biriktirish orqali bandligi ta’minlangan fuqarolar 247 nafarni, ishsiz kam ta’minlangan fuqarolar 16200 nafarni, bandligi ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar 6872 nafarni tashkil etdi.

Viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi axborot xizmati.