Samarqandda raqamli radioeshittirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasi Markaziy Osiyoda eng yirik tarmoqqa ega majmua sanaladi. Bu yerdan 127 ta antenna-machta inshooti, 114 ta yuqori quvvatli teleuzatgich, 359 ta kam quvvatli teleuzatgich, 121 ta yuqori quvvatli radiouzatgich, 260 ta kam quvvatli radiouzatgich orqali tun-kun aholiga teleradioeshittirish dasturlarini uzatib kelmoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ushbu unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdi va Toshkent teleminorasi infratuzilmasini modernizatsiya qilish, nodavlat telekanallar qamrovini kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Shu yerda Samarqand shahrida raqamli radioeshittirish tizimini yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokama qilindi. Kelgusi yil Samarqandda ushbu zamonaviy tizimni joriy etishga kirishiladi.