Samarqandda tilanchilik qilayotgan 4200 shaxsga, 176 nafar yengil tabiatli ayollarga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan
O‘tgan 2022 yil mobaynida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari tomonidan viloyatda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyat hududida 21 333 ta ommaviy, jumladan, 1463 ta ijtimoiy-siyosiy, 1 587 ta madaniy, 928 ta sport va 17 355 ta turli tadbirlarda jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligi to‘laqonli ta’minlangan.
Viloyat IIB JXX JTSB bo‘linmalari saf bo‘linmalari patrul-post xizmati bataloni shaxsiy tarkibi tomonidan shaxsan fosh etilgan jinoyatlari uchun 289 nafar xodimlar pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirilgan.
Umuman, viloyat IIB Patrul-post xizmati batalon xodimlari ishtirokida 2022 yil davomida 97 ta, ya’ni 2021 yilga nisbatan 24 ta ko‘p jinoyat aniqlangan. Shundan, 75 ta jinoyat shaxsan ochilgan. Bundan tashqari, PPX bataloni xodimlari tomonidan 57 nafar qidiruvda yurgan, 6 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlangan.
Ko‘cha va jamoat joylaridan huquqbuzarlik sodir etganligi yoki shubha uyg‘otganligi uchun 184 048 nafar shaxs olib kelingan. Jumladan, 173 250 nafar gumondor, 4200 nafar tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan, 229 nafar ish va yashash joyi noaniq bo‘lgan, 176 nafar yengil tabiat ayollarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Shuningdek, “Tig‘” tadbirlarida 1993 nafar, jumladan, 1294 nafar pichoq, 12 nafar kastet, suriken, kisten, 14 nafar to‘qmoq (“bita”), 673 ta boshqa xavfli buyumlarni olib yurgan fuqarolar aniqlangan.