Samarqandda velosport bormi, barcha yoshdagilar uchun qulay bu sport turini rivojlantirish mumkinmi?
Samarqanddan Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati tomon yo‘lga chiqqan hamkasblarimiz ana shu savollarga javob berishadi.
Qayd etish lozimki, viloyatimizda velosport federatsiyasi nisbatan yosh, ya’ni tashkil etilganiga qariyb 5 yil bo‘lyapti. Biroq qisqa muddat ichida bir nechta respublika chempionlari tayyorlandi. Ayni damda Samarqand viloyati sportchilari mamlakat miqyosida g‘oliblikka asosiy da’vogarlar sanaladi. Eng muhimi, bu sport turi faqat viloyat markazida "turib" qolmayapti.
Bugungi kungacha Payariq, Urgut tumanlarida ushbu velosport bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Viloyat velosport federatsiyasi mazkur sport turini ommalashtirish va rivojlantirish borasida turli loyihalarni amalga oshirib kelyapti.
Samarqandlik jurnalistlarning Tojikistonga velosayohatini ham ular faol qo‘llab-quvvatladi.