Samarqandda xalqaro simpozium doirasida Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ekspozitsiya ochildi

Bugun “21 sentyabr – Samarqand davlat universiteti kuni” munosabati bilan “Turk dunyosida ta’lim, ilm-fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik va o‘zaro ta’sir” mavzusida xalqaro simpozium o‘z ishini boshlaydi.

Mazkur nufuzli tadbir oldidan Mirzo Ulug‘bek haykali poyiga gullar qo‘yildi. Shundan so‘ng simpozium ishtirokchilari Registon maydonida joylashgan Mirzo Ulug‘bek madrasasida tashkil etilgan “O‘rta asrlarda Samarqanddagi oliy ta’lim ko‘rgazmasi”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

- Bugun Samarqandda o‘tkazilayotgan nufuzli tadbirda ishtirok etayotganimdan xursandman, - deydi Istanbul universiteti rektori, professor Maxmut Ak. – Bu ko‘hna kentda buyuk tarixiy shaxslar yashagan, saboq olgan va ta’lim bergan. Shu paytgacha universitetimiz bilan SamDU o‘rtasida hamkorlik ishlari olib borilgan, bundan keyin bu rishtani yanada mustahkamlashga harakat qilamiz. Tarixdan ma’lumki, buyuk olim Ali Qushchi Istambul va Samarqand davlat universitetlarida dars bergan.

To‘lqin SIDDIQOV.

Baxtiyor MUSTANOV.