Samarqandda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar 567 taga ko‘paydi
Viloyat bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2020 yilning 1 sentyabr holatiga kelib 567 tani tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkich 2017 yilning mos davridagiga nisbatan ikki barobarga oshgani kuzatildi. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlarning 550 tasi yoki 97 foizi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 61 taga yoki 12,5 foizga oshdi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyat bo‘yicha 49 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.