Samarqandda yana bir savdo shoxobchasida alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda MChJlardan biri rahbari va do‘kon sotuvchisi hech qanday hujjatsiz umumiy bahosi 45,6 mln so‘m bo‘lgan 38 turdagi alkogol va 2 001 quti tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda sotuvga qo‘yganliklari aniqlangan. Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departament xabariga ko‘ra, holat yuzasidan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan avvalroq Ishtixon va Toyloq tumanlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotayotgan savdo do‘konlari fosh etilgani haqida xabar bergan edik.