Samarqandda yoshlar bandligini ta’minlash uchun 24,5 ming gektar yer maydoni ajratiladi
- 16.02.2021 08:30
- 190
- Samarqand
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan joylarda yoshlar bandligini ta’minlash, ularga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun yer maydonlari ajratish belgilangan edi.
Viloyatimiz tumanlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yoshlarga yer maydonlarini ajratish va yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalari ishlab chiqildi.
Yoshlar bandligini ta’minlash uchun viloyatimizning 14 tumanida yashovchi 2 ming 547 nafar yoshlarga 24 ming 571 gektar yer ajratish belgilandi. Joriy yilning 10 fevraligacha yoshlar uchun 628 gektar yer maydoni ajratildi. Bandlikni ta’minlash rejasiga ko‘ra yer ajratish orqali 160 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan bo‘lsa, hozirgacha 2,56 mingdan ortiq doimiy ish o‘rinlari yaratildi.
Samarqand viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi axborot xizmati.