Samarqanddagi 20-maktab muallimasi “Yilning eng yaxshi geografiya fani o‘qituvchisi” bo‘ldi

Samarqand shahrida geografiya fanidan “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi-2019” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda birinchi o‘rinni Samarqand shahridagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi Shahlo Salomova qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rin Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 313-maktab o‘qituvchisi Shahnoza Ubaydullayevaga, uchinchi o‘rin Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 4-son IDUM o‘qituvchisi Inomjon Primovga nasib etdi.