Samarqanddagi 379 maktab uchun tuman va shahar hokimliklari tomonidan 23,185 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 1238 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini 2020-2021 o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlash va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha jami tuman va shahar hokimliklari tomonidan 379 ta maktab uchun 23,185 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Rejaga ko‘ra:

- 124 ta maktabda isitish tizimini ta’mirlash;

- 57 ta maktabda yakka tartibda qozonlar sotib olish;

- 90 ta maktabni joriy ta’mirlash (yaroqsiz tom qismi, eshik-deraza singan oynalarni almashtirish, devor qismini ta’mirlash va hokazo) ishlari olib borish;

- 62 ta maktabda hojatxona qurish va ta’mirlash;

- 7 ta maktabni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash;

- 35 ta maktab atrofini to‘siq devor bilan o‘rash;

- 2 ta maktabga yong‘in xavfsizligi signalizatsiyasi o‘rnatish;

- 2 ta maktab filiallarini ta’mirlash ko‘zda tutilmoqda.

Viloyatdagi 1015 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga 34 351 tonna ko‘mir mahsulotlari (shundan, 25 488 tonna ko‘mir va 8 863 tonna ko‘mir briketi) yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, homiylar va boshqa manbalar hisobidan 52 ta maktabda isitish tizimini ta’mirlash va qozon almashtirish, 136 ta maktabning hojatxonalarini ta’mirlash ko‘zda tutilgan.