Samarqanddagi hokim o‘rinbosarlari Turkiyada sitrus va mahalliy meva-sabzavotlarni parvarishlash bo‘yicha seminarda qatnashdi
Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmali seminarda viloyat hamda barcha tumanlarning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari ishtirok etgan.
Seminarda sitrus va mahalliy meva-sabzavotlarni parvarishlash, hosildorlikni oshirishda zamonaviy yondashuvlar o‘rganilgan.
Jumladan, agrotexnologik uskunalar, bio-kimyoviy o‘g‘itlash metodikasi, bu borada turk-o‘zbek tajribasi uyg‘unlashtirilib, ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilingan.