Samarqanddagi ilk oilaviy shifokorlik punkti ishga tushdi

Past Darg‘om tumanida "Xonchorbog‘” oilaviy shifokorlik punkti o‘z ishini boshladi.

Prezidentimizning 2020 yil 12 noyabrdagi "Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan muassasa hududdagi Elbek va Xonchorbog‘ mahallalarida yashovchi 10 ming 240 nafardan ortiq aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Loyiha qiymati 841 million so‘m bo‘lgan ushbu tibbiyot muassasasini tumandagi "Islom Omon Nur" mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari bunyod etdi.