Samarqanddagi institut Lyuksemburgda “O‘zbekistonning bebaho merosi” nomli taqdimot va ko‘rgazma o‘tkazdi
- 22.12.2024 13:43
- 86
- Samarqand

Samarqand shahrida 2025 yil bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi tomonidan Lyuksemburgda qator taqdimot va ko‘rgazmalar o‘tkazildi.
Jumladan, Gersoginya Sharlotta xotira maydonida Samarqandning ulkan turistik salohiyati, ajdodlarimizning bebaho merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura, mahalliy shirinliklar va non mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbirda Lyuksemburgning turli rasmiy tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus, keng jamoatchilik vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi vakillari ishtirok etishdi.
Avvalroq institut tomonidan xuddi shunday tadbirlar Daniyada ham o‘tkazilgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bulung‘urdagi tonnel qurilishi nihoyasiga yetmoqda
- 8 daqiqa avval
- Samarqand
Maktabda o‘quvchilar 11 yil o‘qishi shartmi?
- 14 daqiqa avval
- Ta’lim
Yashil iqtisodiyot - barqaror rivojlanish asosi
- 18 daqiqa avval
- Iqtisodiyot
Urgutga temiryo‘l tarmog‘i tortish ishlari boshlandi
- 41 daqiqa avval
- Samarqand