Samarqanddagi kafeda mijozni urib o‘ldirgan 24 yoshli yigit 8 yilga qamaldi

Samarqand shahridagi kafelardan birida yuz bergan mudhish qotillik yuzasidan sud hukmi o‘qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, D. ismli yigit do‘stlari bilan dam olish maqsadida kafega kiradi. U yerda boshqa mijozlar bilan tortishib qolib, o‘zaro gap talashgan. Spirtli ichimlik ichgan D. va A. o‘rtasida dahanaki jang bo‘lgan. Mushtlashuv oqibatida D. vafot etgan.

Jinoyatni sodir etgan yigit aybiga iqror bo‘lmagan bo‘lsa ham, ammo kafe videokuzatuv kamerasidan olingan tasvirlar va sudga oid tibbiy ekspertiza xulosalari sudlanuvchining aybini tasdiqladi.

Sud hukmiga ko‘ra, 24 yoshli yigit aybdor deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.