Samarqanddagi maktab o‘quvchisi muddatidan oldin AQShdagi obro‘li universitet talabasi bo‘ldi
- 02.02.2022 11:19
- 863
- Ta’lim
Samarqand shahridagi 43-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Suhrob Murodov muddatidan oldin grant asosida AQShning Janubiy Florida universitetining talabasi bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha Suhrob Murodov o‘zini sinab ko‘rish uchun AQShdagi Amerikaning 6 ta eng nufuzli universitetlariga hujjatlari topshirgan.
Ulardan 4 tasi Suhrobni o‘qishga qabul qilishga 100 foizli kafolat bergan bo‘lsa, 2 tasi — Janubiy Florida va Case Western Reserve universitetlari grant asosida o‘qishga qabul qilishgani haqida xabar bergan.
Bungacha Suhrob Murodov ingliz tilidan C2 sertifikatini olgan, xalqaro matematika va Ingliz tilida tanqidiy fikrlash bo‘yicha SAT imtihonida 1460 ballni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, xalqaro konferensiyalarda faol ishtirok etib, tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa