Samarqanddagi qurilish sohasi mutaxassislarini tayyorlash markazining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Bugun 1 iyul kuni Samarqandagi qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazida 3 oylik o‘quv kursi doirasida qurilish sohasi mutaxassisligini tamomlagan ilk bitiruvchilariga tanatnali ravishda sertifikatlarni topshirish marosimi o‘tkazildi.
Ushbu markazda yoshlar Samarqand harbiy ma’muriy sektori va Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi nazoratida g‘isht teruvchi, elektrogazpayvandchi, suvoqchi, bo‘yoqchi-bezakchi, santexnika ishlari ustasi kabi ichki va tashqi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 10 dan ortiq kasbga o‘qitildi.
Sertifikatlarni tantanali topshirish marosimida Samarqand shahar hokimligi, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, tashqi mehnat migratsiyasi va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasi hodimlari hamda Rossiya Federatsiyasining yirik qurilish kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi.
Unda so‘z olganlar, bitiruvchilarning egallagan bilimlariga ko‘ra tashqi, ham ichki mehnat bozorlarida qurilish sohasi bo‘yicha ulkan muvafaqqiyatlarga erishini tilashdi.
Shundan so‘ng, qurilish sohasining turli yo‘nalishi bo‘yicha 3 oylik kurslarni birinchi bo‘lib tamomlagan 232 nafar fuqaroga mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro darajadagi sertifikat tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, o‘quv kurslari davomida o‘zining namunali hulqi, tirishqoqligi, uchun bir guruh ,bitiruvchilarga faxriy yorliqlar va o‘z mutaxasisilari bo‘yicha uskunalar bilan taqdirlandi.Bitiruv marosimida namoyish etilgan konsert dasturlari markazning ilk qaldirg‘ochlari uchun ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Quvonarlisi shundaki, uch oylik o‘quv kursini 29 nafar tinglovchisi muddatidan oldin tamomlab, Rossiya Federatsiyasining “PIK Industriya” qurilish kompaniyasida faoliyat olib borishlari uchun jo‘natildi.
bitiruv marosimdan so‘ng ham bitiruvchilar bilan bandlik boshqarmasi hamda chet davlatlarning qurilish kompaniyalari vakillari o‘rtasida o‘zaro suhbat o‘tkazildi. Unga ko‘ra 120 nafar bituruvchilar chet davlatda ishlash istagini bildirdi va qolgan 93 nafar bitiruvchilar esa yurtimizda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlarida o‘z hissalarini qo‘shadigan bo‘lishdi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati