Samarqanddagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi tomonidan elektron davlat xaridlari portaliga har birining narxi 5 million so‘mdan bo‘lgan 10 dona (35 million so‘mlik) “G” markali konditsioner xarid qilish bo‘yicha xususiy korxona bilan elektron shartnoma rasmiylashtirilgan.

Biroq xususiy korxona tomonidan “G” markali konditsionerlari o‘rniga narxi 2 million 425 ming so‘m bo‘lgan 10 dona (24 million 425 ming so‘mlik) “A” rusumli konditsionerlar olib kelib o‘rnatilib, jami 10 million 575 ming so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Bundan tashqari, shifoxonada 31 holatda jami 58 million 305 ming so‘mlik dori vositalari qimmat narxlarga xarid qilinib, ancha miqdordagi byudjet mablag‘lari rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.