Samarqanddan yana 11 kishi davlat mukofotlariga loyiq ko‘rildi

Prezidentimizning 2021 yil 26 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoni bilan viloyatimizdan quyidagilar mukofotlandi:
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Rahmonov Jasurjon Jalilovich - viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Samarqand tumani bo‘limi boshlig‘i
Sayidqulov Dilmurod Bastamovich - Samarqand shahar prokurori
“Shuhrat” medali bilan
Abdullayev Shavkat Akbarovich - Kattaqo‘rg‘on shahar davlat xizmatlari markazi direktori
Abdurahmonova Muhabbat Rashidovna - Samarqand shahridagi “Temiryo‘l” advokatlar hay’ati advokati
Axatov Husnidin Hamidovich - Paxtachi tumani davlat soliq inspeksiyasi sho‘’ba boshlig‘i
Qanoatov Shodiqul Aliyevich - Kattaqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori
Mahmado‘stov Olim Orifovich - Urgut tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori
Namazov O‘ktam Mamarajabovich - Qo‘shrabot tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori
Faxritdinov Muhitdin Isamitdinovich - ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
Chiniyev Habibulla Abdumuminovich - jinoyat ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tumani sudining raisi
Eshmurodov Sherzod Sindarovich - Bulung‘ur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i