Samarqandga chetdan noqonuniy holatda 110 million so‘mlik zargarlik buyumlari olib kirilgani aniqlandi

Bojxona idorasi xodimlari tomonidan yo‘lovchilar o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga qaramasdan mamlakatimizga xorijdan zargarlik buyumlarini belgilangan me’yordan ortiqcha olib kelish holatlari uchramoqda, deya xabar berdi viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati.

“Istambul-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro N.T.ning bagaj sumkasidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasiga yozilmagan qiymati 110,4 million so‘mlik 240 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.