Samarqandga “Volkswagen Caddy” tez yordam avtomobillari yetkazib berildi

Jizzax avtomobil zavodi “Volkswagen Caddy” transport mashinalari bazasidagi qurilgan tez tibbiy yordam avtomobillarining navbatdagi partiyasini Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda "O‘zavtosanoat" AJ matbuot xizmati.
Avtomobillar “Turin Invest Engineering” injiniring mutaxassislari tomonidan jihozlangan va pandemiya davrida aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Tez yordam avtomobillarida Sog‘liqni saqlash vazirligi talablariga muvofiq barcha kerakli jihozlar o‘rnatilgan.