Samarqandlik tadbirkorlar Tojikistonning Xatlon viloyati ishbilarmonlari bilan hamkorlik qiladi

Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasiga Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati Savdo-sanoat palatasi rahbari Farhod Sayfiddinov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Qudratov hamda Farhod Sayfiddinov o‘rtasida ikkip viloyatda hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan memorandum imzolandi.

Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi axborot xizmati.