Samarqandning 2020 yildagi eng faol jurnalistlari aniqlandi

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi boshqaruv hay’atining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat hokimligi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yilning eng faol jurnalisti” viloyat tanlovi yakunlari ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, quyidagilar tanlov g‘oliblari deb topildi:

Bosma nashrlar yo‘nalishida

Xurshida Ernazarova – viloyat “Zarafshon” gazetasi muxbiri (viloyatda ijtimoiy sohalardagi yangiliklar, ta’lim muassasalari faoliyatini keng yoritishdagi faolligi uchun);

Yulduz Haydarova – viloyat “Samarkandskiy vestnik” gazetasi muxbiri (iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik faoliyatini yoritishdagi faolligi uchun);

Baxtiyor Jumayev – viloyat “Ovozi Samarqand” gazetasi muharriri o‘rinbosari (hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yoritishdagi faolligi uchun);

Husniddin Xoldorov – Payariq tumani “Payariq hayoti” gazetasi muxbiri (viloyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi islohotlarni yoritishdagi faolligi uchun);

Dilnoza Hasanova – Qo‘shrabot tumani “Istiqbol sari” gazetasi muxbiri (tumanda ta’lim, madaniyat, ma’rifat sohalardagi o‘zgarishlarni yoritishdagi faolligi uchun).

Internet jurnalistika yo‘nalishida

Karimberdi To‘ramurodov – mustaqil jurnalist (Samarqand shahrining turizm salohiyati, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotidagi yangiliklarni tezkor yoritishdagi faolligi uchun).

Televideniye yo‘nalishida

Nozigul Rustamova – viloyat teleradiokompaniyasi televideniye guruhi o‘z muxbiri (ijtimoiy-iqtisodiy, xotin-qizlar mavzusidagi “Iffatli ayol”, “Mahalla raisi - islohotchi”, “Maxsus reportaj”, “Jarayon” kabi mualliflik ko‘rsatuvlari uchun).

Radio yo‘nalishida

Rahima Davirova – viloyat teleradiokompaniyasining radio eshittirishlar maxsus muxbiri (jamiyatda xotin-qizlar va yoshlarning siyosiy va huquqiy faolligini oshirishga qaratilgan “Oila shifokori”, “Radiokitob”, “Mutolaa zavqi”, “Islohotlar amalda”, “Yoshlar - kelajagimiz”, “Yil dasturi - amalda” kabi mualliflik radioeshittirishlari uchun).

Fotojurnalistika yo‘nalishida

Baxtiyor Mustanov – viloyat “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari fotomuxbiri (viloyatda olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy sohalardagi yangiliklar, Samarqandning turizm salohiyati aks etgan foto materiallari uchun).