Samarqandning 4 ta tumanida “sparja” ekini sinovdan o‘tkaziladi
Viloyatda eksportbop mahsulotlar hajmini ko‘paytirish uchun Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tizimida sabzavot, poliz, moyli va dukkakli ekinlar yuqori avlodli urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashgan elita urug‘chilik xo‘jaliklarini tashkil etishga Jomboy, Bulung‘ur, Toyloq va Samarqand tumanlaridan 50 gektardan jami 200 gektar yer maydoni ajratiladi.
Sabzavot, poliz, moyli va dukkakli ekinlarning yuqori avlodli urug‘liklarini yetishtirishni rag‘batlantirish tizimi yaratiladi.
Joriy yilda “Uzbat-Samfrut” qo‘shma korxonasi tomonidan Samarqand, Toyloq, Jomboy va Urgut tumanlarida “sparja” ekini tajriba tariqasida fermer xo‘jaliklari bilan klaster usulida yetishtiriladi, qayta ishlanib, eksport qilinadi.