Samarqandning turizm salohiyati “Balttour-2019” namoyish etilmoqda
- 01.02.2019 21:06
- 112
- Sayohat

Latviyaning Riga shahrida boshlangan “Balttour-2019” xalqaro turizm ko‘rgazmasida Samarqand viloyatidagi bir qator sayyohlik firma va kompaniyalari ishtirok etmoqda.
Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, departament mamlakatimizning Latviyadagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli viloyat sayyohlik sohasi vakillari ushbu tadbirda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ko‘rgazmaning ilk kunidayoq yuzlab ishtirokchilar Samarqand brendi bilan qiziqib, yurtimizga kelish, tarixiy obidalarimizni ziyorat qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
3 fevralgacha davom etadigan ko‘rgazmada dunyoning 41 mamlakatidan 885 ta turistik kompaniyalari ishtirok etadi.
Samarqand viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo