SamISIda inson resurslarini boshqarish ta’lim yo‘nalishi ochiladi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2020-2021 o‘quv yili uchun ajratilgan kvotalar o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan oshirilgan. Xususan, institutga jami kunduzgi ta’lim shaklidagi 8 ta ta’lim yo‘nalishiga 700 ta kvota ajratilgan. Shundan 38 ta grant, 662 ta to‘lov-shartnoma asosida qabul rejalashtirilgan.

Shuningdek, yangi ochilayotgan inson resurslarini boshqarish ta’lim yo‘nalishiga 50 ta kvota ajratilgan bo‘lib, shundan 3 ta grant, 47 ta to‘lov-shartnoma asosida talabalar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Institutda sirtqi ta’lim shaklidagi 3 ta ta’lim yo‘nalishiga jami 250 ta kvota ajratilgan bo‘lib, iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishiga 75 ta, bank ishi va auditi ta’lim yo‘nalishiga 75 ta, buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishiga 100 ta kvota ajratilgan. Barcha ta’lim yo‘nalishlariga talabalar to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bundan tashqari, magistratura mutaxassisligiga jami 108 ta kvota ajratilgan. Shundan 11 ta grant, 97 ta to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadi. Magistratura mutaxassisligida ham yangi monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi ochilgan bo‘lib, bu mutaxassislikka jami 8 ta kvota ajratilgan.

Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar va ularning ota-onalari savollariga tezkor javob (tushuntirish va maslahatlar) berishni ko‘zda tutib, Axborot-maslahat markazi (Call center) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Axborot-maslahat markazidagi xizmat telefon raqamlari:  (66) 233-73-68; (66) 233-12-85; (66) 233-17-61; (66) 233-35-76; (66) 233-47-56.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti axborot xizmati.