Samolyot halokatlaridan so‘ng omon qolganlarning aqlbovar qilmaydigan hikoyalari

Dunyoda har yetti kishidan biri samolyotda uchishdan qo‘rqadi. Ammo statistik ma’lumotlarga ko‘ra, havodaga parvozda emas, balki quruqlikda sayohat qilishda falokatga duchor bo‘lish ehtimoli ancha yuqori ekan.

Har bir halokatdan so‘ng mo‘’jizaviy tarzda parvozga kechikkan yoki chiptasini qaytarib bergan odamlar bu baxtli tasodif uchun o‘zlarining qanchalik omadli ekanliklariga ishonch hosil qiladilar. Axir bu kabi halokatlardan so‘ng omon qolish imkoniyati juda kichik-da.

Shunga qaramay samolyot halokatlaridan omon qolganlar bor. Yashash uchun ikkinchi imkoniyatni qo‘lga kiritganlar yashashi qanday kechadi?

“Bu haqda har kun o‘ylayman”

Voqea sodir bo‘lgan paytda atigi 4 yoshda bo‘lgan Sesiliya Sichan 1987 yil 16 avgustdagi aviahalokatdan omon qolgan yagona odam edi. McDonnell Douglas MD-82 layneri Detroytdan jo‘nab ketgach, balandlikka chiqa olmay, chiroq ustunga urilib, qulab tushdi. Halokatda 150 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Voqea sodir bo‘lgan paytda onasi Sesiliyani o‘zi bilan qoplagan, biroq qiz bu haqida hech narsani eslay olmaydi. Ota-onasi va akasini yo‘qotgan Sichan uzoq vaqt davomida matbuotdan yashiringan va faqat 2013 yilda voqea haqida gapirishga qaror qilgan. “Men bu voqea haqida har kun o‘ylayman, bu haqda o‘ylamaslik qiyin, negaki oynaga qaraganimda peshonamdagi chandiqni ko‘raman. Qo‘llarim va oyoqlarimda ham bu halokatdan nishona qolgan”.

Невероятные истории людей, выживших после авиакатастроф

Yillar o‘tib Sichan o‘sha kuni uni topib olgan o‘t o‘chiruvchini izlab topdi va uni to‘yiga taklif qildi. Shuningdek, u qurbonlarning oila a’zolari bilan aloqada bo‘lishga harakat qiladi.

Невероятные истории людей, выживших после авиакатастроф

“Bu raqamni hamma joyda ko‘raman”

30 yil oldin 1989 yilning 19 iyulda United Airlines kompaniyasining samolyoti Denverdan Chikagoga uchayotgan edi. Bir soat o‘tgach, uning dum qismidagi dvigateli qulab tushdi. Ekipaj kemani Sud-Siti aeroportiga qo‘ndira oldi, biroq samolyot o‘ng qanoti bilan yo‘lakka borib urildi. Kemadagi 300 ga yaqin odamdan 112 nafari halok bo‘ldi. 232 raqamli reysning bort kuzatuvchisi Syuzan Uayt o‘sha kunni hamon eslaydi. “Men bu raqamni (232) hamma joyda ko‘raman. Yarim tunda uyg‘onib ketsam ham, kunduzi tasodifan telefonimga qarasam ham soat 2:32 bo‘ladi”.

Невероятные истории людей, выживших после авиакатастроф

U hozirgacha styuardessa sifatida ishlashda davom etmoqda. “Men o‘sha paytda 25 yoshda edim va ishimni yaxshi ko‘rardim. Ko‘pchilik o‘z ishimga qaytishimga ishonmagan edi. O‘shanda qaror qildim, jur’at qildim va qaytib keldim. Maqsadim borligini his qilib yashayman va tirikligimdan juda xursandaman“, deydi Uayt.

Невероятные истории людей, выживших после авиакатастроф

Kun bo‘yi okeanda akulalar bilan

2009 yilning 30 iyunida fransiyalik Bayya Bakari onasi bilan bobosi va buvisini ko‘rish uchun Komor orollariga uchib ketayotgan edi. Airbus A310 bortida jami 152 kishi bo‘lgan. Samolyot qo‘nishga bir necha daqiqa qolganida okeanga qulab ketgan. Ushbu halokatda Bayyadan boshqa hech kim tirik qolmadi. 13 yoshli qiz fyuzelyajning singan bo‘lagini ushlab, akulalar bilan to‘lib toshgan Mozambik kanalida taxminan 9-10 soat vaqt o‘tkazdi. Shundan so‘ng uni baliqchilar topib oldi va mahalliy shifoxonaga yetkazishdi.

Невероятные истории людей, выживших после авиакатастроф

Mutaxassislarning fikricha, Bayya hosil bo‘lgan yoriq orqali samolyotdan uloqtirilgan. Qizning otasi Bayya nihoyatda qo‘rqoqligi va u bunday favqulodda vaziyatda o‘zini eplay olishini hech o‘ylab ko‘rmaganligini aytgan. “Ota, men samolyotning suv ostida qolganini ko‘rdim. Juda qorong‘u edi, men yaxshi suza olmayman, shuning uchun to‘g‘ri kelgan narsani ushlab oldim va uni qo‘ldan chiqarib yubormaslikka harakat qildim”, dedi qiz otasiga halokatdan keyin.

Невероятные истории людей, выживших после авиакатастроф

2010 yilning yanvar oyida Bakari o‘zining “Tirikman” avtobiografiyasini nashr etdi. O‘sha yilning may oyida Gollivud kinorejissyori Stiven Spilberg unga kitobni suratga olish huquqini sotib olishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi, biroq u rad etdi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.