Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi mansabdor shaxslarining kirdikorlari fosh etildi
- 21.07.2020 17:40
- 858
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati Parkent tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unda sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi Parkent tumani filiali mansabdor shaxslari tomonidan karantin qoidalarini buzgan 86 nafar fuqaroning qilmishiga yarasha jarima tayinlamaslik, qilmishni istisno etuvchi holatlar sifatida rasmiylashtirish orqali 397,6 million so‘mlik davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
sanitariya-epidemiologiya