Qo‘shrabot tumani davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi binosini qurish va ta’mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi
- 02.03.2021 13:23
- 477
- Samarqand

Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tumandagi “O.S.” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Qo‘shrabot tumani davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazidagi qurilish ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi.
Tekshiruv davomida jamiyat rahbari va boshqalarning tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi binosida amalga oshirilgan qurilish ishlarida hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 281,2 million so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Germaniya – yoshlar uchun imkoniyatlar mamlakati
- 54 daqiqa avval
- Tijorat
Navoiyshunos olimlar anjumani
- 57 daqiqa avval
- Samarqand
“Men endi osuda yashay olmayman”
- Bugun, 11:34
- Mutolaa
Iste’dodi bor sportchiga zamonaviy sharoit kerak
- Bugun, 10:53
- Sport