Sankt-Peterburgda yuk poyezdlari to‘qnashib ketdi
- 29.07.2020 18:30
- 140
- Xorij

To‘qnashuv oqibatida bir nafar mashinist jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.
Favqulodda vaziyat 28 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 (16:00 – Toshkent vaqti)da “Oktyabrskiy” temir yo‘lining “Kupchinskaya” bekatida sodir bo‘ldi. Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ikki yuk tashuvchi poyezd to‘qnashgan va temir yo‘l yo‘lagidan chiqib ketgan.
Tezkor yordam xizmati vakili to‘qnashuvdan so‘ng ikki kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganini va mashinistlardan biri jarohatlanganini ma’lum qildi. To‘qnashuv yuz bergan temir yo‘l hududi jiddiy shikastlangan. Voqea joyiga ta’mirlash guruhi yuborilgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Qurbonlar va jiddiy jarohatlanganlar yo‘q.
Teglar:
Sankt-Peterburg
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
AQShning Hindistonga qarshi 50 foizlik bojlari kuchga kirdi
- 28 daqiqa avval
- Xorij
Xitoy oliygohi bilan xalqaro hamkorlikka erishildi
- 2 soat avval
- Ta’lim
Xaloskor jonivorlar
- Kecha, 19:56
- O'qing, qiziq!
"Gap"chilar yemagan taom
- Kecha, 18:12
- Mutolaa