Saudiya Arabistonida 90 mingdan ortiq masjid qayta ochiladi
- 29.05.2020 21:55
- 68
- Xorij
Saudiya Arabistoni hududidagi kronavirus tarqalishi xavfi tufayli yopilgan 90 mingdan ortiq masjid, yakshanba kuni bomdod namozidan boshlab qayta ochiladi. Bu haqda 28 may kuni Saudiya arabistonining Islom masalalari vazirligi rasmiy Tvitter sahifasida ma’lum qildi.
“Saudiya Arabistoni mamlakati bo‘ylab 90 mingdan ortiq masjid va ibodat uylarini qayta ochish uchun so‘nggi tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetmoqda. Masjidlar va ibodat uylari yakshanba kuni bomdod namozi vaqtida ochiladi”, deyilgan vazirlik axborotida.
Vazirlik ibodatga yoshi keksalar va yosh bolalar kelishini tavsiya etmadi. Namoz o‘qishga niqobda kelinishi va qo‘llarning yuvilishi, shuningdek, ikki metrlik masofa saqlanishi belgilandi. Masjidlarga namoz boshlanishidan 20 daqiqa oldin kelishga va namoz tugagandan so‘ng 20 daqiqa ichida ketishga ruxsat beriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 16 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!