Saudiya fuqarosi Toshkent aeroportidan ikkita lochinni noqonuniy olib kirishga urindi

4 aprel kuni Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi xodimlari Toshkentdagi I.Karimov nomli xalqaro aeroportda ikkita lochinni mamlakatimiz qonunlari va turli yovvoyi parranda va hayvonlarni olib yurish xalqaro qonun-qoidalariga zid ravishda noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan Saudiya Arabistoni fuqarosini to‘xtatib qoldilar. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

U Toshkentga BAAning Dubay shahridan uchib kelgan yo‘lovchilardan biri bo‘lgan.

U O‘zbekistonga lochin yordamida ov qilishga kelayotgan bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda qoidabuzardan olib qo‘yilgan lochinlar maxsus joyda saqlanmoqda va ularning taqdiri Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi qarori bilan hal qilinadi. Shuningdek, qoidabuzar saudiyalik fuqaroga ham qonunlarimizda belgilangan tartibda chora ko‘riladi.