Savdo majmuasidagi 18 ta do‘kon yonib ketdi
- 24.02.2020 16:42
- 450
- Hodisa

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi savdo majmualarining birida 24 fevral kuni soat 05:37 da yong‘in sodir bo‘ldi.
FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, savdo majmuasi Bahoriston mahallasi, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan bo‘lib, yong‘in 2 qavatli binoning 2-qavatida yuz bergan.
Oqibatda 18 ta savdo ob’yektlari umumiy maydonining 630 metr kvadrat qismi yong‘indan zararlangan.
Voqea joyiga Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Qutqaruvchilar olib borgan tezkor harakatlar natijasida binoning 1 680 metr kavadrat qismi yong‘indan saqlab qolingan.
Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.
Teglar:
yong‘in
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim