Sayyohlik xizmatlarida salohiyat oshadi

Unda viloyatda turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, sayyohlik infratuzilmasini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. 
– Viloyatimizda o‘ttizga yaqin foydalanilmagan istiqbolli turistik ob’yektlar mavjud, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi D.Narzullayev. – Masalan, Qo‘shrabot tumanining Pangat, Qoratosh, Nurobod tumanining Jom maskanlarida lochin ovini, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi suv ombori hududida esa yoshlarning turistik zonalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari turizm bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, yirik xorijiy brendlar, kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm xizmati ko‘rsatishning ilg‘or tajribalarini joriy etish, mehmonxonalar, transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, malakali kadrlarni sifatli tayyorlash masalalari yuzasidan fikrlashib oldilar.

Islombek YaXShIMURODOV.