Sayyor qabulda jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy masalalar ko‘rib chiqildi

Toyloq tumanida viloyat sudi raisi Olimjon Hayitov, viloyat ma’muriy sudi raisi Tohir Fayziyev fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Dastlab O.Hayitov bugungi sud-huquq islohotlari, qonunchilikdagi yangiliklar, davlatimizning bu sohadagi odilona siyosati, mamlakatimizdagi bugungi siyosiy-ijtimoiy vaziyat, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, sud-huquq tizimidagi so‘nggi yangilik va o‘zgarishlar haqida tushuncha berdi.

Zarafshon mahallasida yashovchi N.Mahmudov sinov muddati cheklovlarini olish bo‘yicha murojaat qildi. Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan M.Rahmonova aliment undirish, J.Mustafoyev sudlanganlik holatini olish borasida murajaat qildi.

Qabul jarayonida shu kabi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy masalalar yuzasidan fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ayrimlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.