Sayyoradagi hatto yadro urushidan so‘ng ham omon qolish mumkin bo‘lgan xavfsiz joylar
Inson hamma joyda yashab ketishi mumkin, biroq sayyoradagi hamma joyda ham to‘la-to‘kis umrguzaronlik qilib bo‘lmaydi. Dunyoning ba’zi burchaklarida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalar bunga asos bo‘lib, insoniyatni tahlikaga solib qo‘ymoqda.
Masalan, ikki davlat urushi asnosida biri ikkinchisiga yadroviy zarba berishni boshlasa hatto ularga yonma-yon qo‘shni bo‘lmagan boshqalar ham jabr ko‘rishi ehtimoli bor. Hududlarining aksariyati materikdan uzoqda joylashgan, dunyoning ba’zi bir qismlarida omon qolish ehtimoli yuqori bo‘lgan davlatlar bilan tanishamiz.
Fiji
Tinch okeanining markaziy qismida joylashgan 330 ta oroldan iborat davlat global mojarolar sharoitida xavfsiz boshpanaga aylana oladi. Bu yerda yil davomida mo‘’tadil havo harorati saqlanib turadi va farovon jamiyatni ta’minlash uchun yetarli miqdordagi tabiiy resurslar bor. Fiji oroli yadroviy hujumning asosiy nishoni bo‘lishi dargumon.
Antarktida
Fijidan butunlay qarama-qarshilikda joylashgan muz va qordan iborat Antarktidada asosan past harorat va infratuzilmaning yo‘qligi sababli odamlar u yerda yashamaydi. Antarktida shartnomasiga ko‘ra, bu joyda yadroviy portlashlar taqiqlangan, shuning uchun radioaktiv zarralar yog‘ilgan paytda bu qit’ada bo‘lish xavfsiz. Garchi bu yerdagi ob-havo dahshatli darajada sovuq bo‘lsa-da, inson faqat qutb stansiyalari yoki u yerdagi issiqroq iqlimli joylarda jon saqlashi mumkin.
Yangi Zelandiya
Eng yaqin materikdan 2000 kilometr uzoqlikda joylashgan Yangi Zelandiya bugungi ro‘yxatdagi eng rivojlangan davlatdir. U tabiiy resurslari, rivojlangan infratuzilmasi va yashash uchun zarur shart-sharoitlarga ega. Shuningdek, mintaqa dunyodagi eng ekologik toza davlat hisoblanadi. Yangi Zelandiya Shveysariya singari har qanday mojaro uchun neytral davlat maqomiga ega. Shveysariya esa Yangi Zelandiyadan farqli o‘laroq urush paytida chaqnash nuqtasi bo‘lib qoladigan Yevropaning qoq markazida joylashgan.
Grenlandiya
Endi shimolga, Arktika doirasi zonasiga nazar qaratamiz. Grenlandiya – Daniyaga tegishli avtonom hudud. Lekin, yaqinda u yanada mustaqilroq bo‘ldi. Dunyodagi eng katta magnit qutbi joylashganligi sababli bu yerga kelganlarning o‘ta sovuq havoga moslashishi kerak bo‘ladi. 2 million kvadratdan ortiq juda katta maydondagi orolda atigi 56 ming kishi istiqomat qiladi, shu sababli joy yetarlisidan ham ortiq.
Tristan-de-Kunya
Janubiy Atlantikada joylashgan bu arxipelag (bir biriga yaqin orollar guruhi) asosiy qit’adan 2800 kilometr uzoqlikda joylashgan. Orolda bor-yo‘g‘i bir necha yuz kishi yashaydi. Hududda baliq ovlash to‘g‘risida hamma narsani bilib olish mumkin, tabiatiga deyarli qo‘l urilmagan.
***
Albatta bu hududlar apokalipsis davrida xavfsizdir, biroq bu yerlarda sodir bo‘lib turishi mumkin bo‘lgan suv toshqini, sunami, zilzilalar, vulqon otilishi yoki haroratning o‘zgarishi kabi iqlimiy kataklizmlar ham ehtimoldan xoli emas.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.