Sayyoradagi tushunishga  berilmaydigan hodisalar sodir bo‘ladigan joylar

Ba’zida dunyoning biror bir chekkasida sirli bo‘ron va momaqaldiroqlar bo‘ladi, paronormal holatda osmonda chiroqlar yonadi, boshqa hollarda esa odamlar yoki buyumlar sirli tarzda g‘oyib bo‘lgani kabi g‘alati hodisalar ro‘y berib turadi. Sayyoramizda hatto olimlar buni tushuntirib bera olmaydigan ana shunday joy bor.

Venesuela momaqaldiroqlari

Momaqaldiroq nimaligini har bir kishi biladi, albatta: osmon bulutlar bilan qoplanadi, chaqmoq chaqadi va momaqaldiroq gumburlaydi. Keng tarqalgan fikrga ko‘ra bunday tabiat o‘zgarishlari uzoq davom etmaydi va undan qo‘rqmaslik lozim. Biroq Venesuela xalqi bu fikrga qo‘shilmaydi. Katatumbo daryosi oqib o‘tadigan hududda momoqaldiroqlar bir necha soat davom etadi. Eng ajablanarlisi, ushbu holat har kuni kechki paytda boshlanib, tong otgach tugaydi.

Yunon vaqt sarobi

5 мест на планете, где происходят необъяснимые вещи

Qadimiy Frangokastello qasriga tashrif buyurgan sayyohlarning tovush va ko‘zga ko‘rinmaydigan gallyusinatsiyalarni boshdan kechirishi uzoq vaqtdan beri butun dunyo olimlarining fahmlab olishga harakat qilayotgan siridir. Odamlar ularning ko‘z o‘ngida harbiy jang bo‘lib o‘tayotgan sharpalar ko‘rinishini aytgan. Shunda ular nafaqat jang ishtirokchilarini ko‘rgan, balki shovqin, qurollarning jaranglashi va otlarning dukur-dukurini eshitgan. Mahalliy aholining aytishicha, saroblar quyoshning birinchi nurlari paydo bo‘lishidanoq paydo bo‘ladi. Ehtimol, ionlashgan havo va antik davr muhiti kishiga ushbu tasavvurini uyg‘otar, biroq hozircha aniq javob yo‘q.

Xessdalen shu’lalari

5 мест на планете, где происходят необъяснимые вещи

Norvegiyaning Xessdalen vodiysida yana bir tabiat siri topildi. Har kecha osmonda qayerdandir allaqanday sirli yorqin chiroqlar paydo bo‘ladi va ular darhol o‘chadi. Kuzatuvchilar hayratdan yelka qisib qo‘yishdan boshqa chora topmayapti.

Bu yer anchadan beri olimlar diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Ular bu yerda bir necha tadqiqot o‘tkazgan, biroq jumboq jumboqligicha qolib, hech narsa topilmadi. Shu’lalarning to‘satdan paydo bo‘lishini ushbu yerda joylashgan radioaktiv ko‘ldagi oltingugurtning suv reaksiyasi bilan bog‘liqlik taxmini ilgari surilgan.  Bu bug‘lanish paytida sodir bo‘ladi, shu sababli uchqunlar paydo bo‘ladi, deydi ular. Skandinaviya afsonalari muxlislari esa bularning barchasini dostonlardagi ayyorlik eposi Loki qiladi, deb ta’kidlashadi.

Boshsizlar vodiysi

5 мест на планете, где происходят необъяснимые вещи

Kanadada joylashgan bu g‘alati vodiyning obro‘si ham taxminan Bermud uchburchagi bilan bir xil: gap shundaki, bu yerga kirgan odamlar g‘oyib bo‘lib qoladi, keyinroq ular o‘lik, biroq jasadlari boshsiz holda topiladi. Birinchi holat o‘n to‘qqizinchi asrning oxirida yuz berdi, u yerda bir necha oltin qazib oluvchilar halok bo‘ldi, olib borilgan tekshiruvlar vodiyni qurshab olgan tog‘lar va zich o‘rmonlar mavjud dalillarni ishonchli tarzda yashirganligi sababli natija bermadi...

***

Sayyoramizda juda ko‘p hayratlanarli joylar bor va hozirgacha ularning sirlarni ochish uchun kalavaning uchi topilmayotir. Balki bir kun kelib ular insoniyatga o‘z sirlarini ochib berar... Bu hodisalar nima bilan bog‘liq ekan. Siz nima deb o‘ylaysiz?

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.