Sayyorani muhofaza qilish uchun hamma qila olishi mumkin bo‘lgan 6 qadam
Har yili 22 aprel dunyoda Xalqaro yerni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana butun insoniyatga sayyora ekotizimining nozikligini eslatish va atrof muhitdan yanada ehtiyotkorona foydalanishga chaqirish maqsadida yaratilgan.
ADME sayti har bir kishi oz bo‘lsa-da, o‘z atrofidagi muhitga yordam bera oladi deb hisoblaydi va biz bugundanoq boshlashimiz mumkin bo‘lgan bir necha oddiy maslahatlarni beradi.
Issiq kunlarda konditsionerni kamroq yoqishga harakat qiling
Konditsionerlarda havoni salqin saqlash uchun mas’ul bo‘lgan gidroftor uglerodlar kichik miqdordagi issiqxona gazlarining bir qismi hisoblanadi, ular atmosferada issiqlikni CO2 (uglekislota)ga qaraganda ming marta ko‘proq saqlaydi.
Tarkibida palma yog‘i bo‘lmagan mahsulotlarni tanlang
Palma yog‘i shokolad, muzqaymoq, non, pechene va shampunlar tarkibida mavjud. Bunday moy ishlab chiqarish jarayonida tropik o‘rmonlar aziyat chekadi va ko‘p hollarda ular butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida. Shuning uchun palma yog‘i bo‘lmagan mahsulotlarni sotib olish juda muhim.
Mintaqangizga xos bo‘lgan o‘simliklarni o‘stiring
Tabiat tomonidan ko‘zda tutilmagan joylarda keng tarqalgan turlar kiradigan invaziv o‘simlik turlari degan tushuncha bor. Ko‘pincha odamlar, masalan, o‘z bog‘iga ekzotik gullar, butalar va daraxtlar qo‘shishni xohlaganda, ularni "olib keladi". Go‘zalligiga qaramay, bunday o‘simliklar mahalliy floraga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki ular zaif turlarni siqib chiqaradi.
Bu o‘simliklar butun oziq-ovqat zanjiriga ham ta’sir qiladi. Ba’zi hasharotlar ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan “tanish” o‘simliklarini topa olmaydi, bu esa butun turning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Oziq-ovqat zanjirida hasharotlar qushlar bilan bevosita bog‘liq va hokazo. Shu sababli o‘simliklar va hayvonlarning hayot-mamot masalasining oldini olish uchun hududingizga xos bo‘lgan o‘simlik turlariga ustunlik berish ma’qulroq.
Geliy bilan to‘ldirilgan sharlardan voz keching
Ko‘pincha biror narsani bezash uchun bayramlarda geliy bilan to‘ldirilgan sharlar ishlatiladi. Sharlar ba’zida o‘z-o‘zidan uchib ketadi, ba’zida esa ular ataylab osmonga uchiriladi. Chiroylimi? Albatta! Biroq bu tabiat uchun juda zararli. Parvoz tugab, sharlar yerga, suv havzalariga tushadi. Qushlar ular bog‘langan lentalarga o‘ralib qolishi va o‘lishi mumkin, boshqa hayvonlar esa bezakni ovqat deb o‘ylaydi.
Xavfli geliy balonlar o‘rniga bezak sifatida pomponlar yoki gulchambarlarni ishlatish mumkin.
O‘zaro iqtisod tamoyillar asosida yashang
O‘zaro iqtisod iste’moli tovarlar yoki xizmatlardan birgalikda foydalanishni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik allaqachon bunday tizimdan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan. Misol uchun, sizga tuz kerak bo‘lganda so‘rab olishingizdek, drel yoki boshqa asboblarni qo‘shningizdan so‘rashingiz mumkin. Shu orqali o‘zingizni atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan keraksiz xarajatlardan qutqarasiz.
Tashqarida bir qoshiq shakar qoldiring
Asalarilar sayyoramizdagi o‘simliklarning asosiy changlatuvchisidir: ular faqat Antarktidada topilmaydi. Asalarilarning bir to‘dasi kuniga 300 million gulni changlatishi mumkin. Biroq, kimyoviy o‘g‘itlar ularning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Yevropada asalari turlarining 2,4 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida. Inson ularga yordam berishi mumkin. Buning uchun:
- bog‘ingizga yoki hatto ochiq balkonga gullar eking. Erta gullaydigan o‘simliklar juda asqotadi.
- maysazor (gazon) kamroq qirqtirilsa, asalarilar va boshqa changlatuvchi hasharotlar uchun zarur muhitni yaratishga yordam beradi, ba’zida ular baland o‘tlarda uya qurishi mumkin;
- tashqarida bir qoshiqda shakar qoldiring. Chunki erta bahorgi nektar yetishmasligi davrida ochlik tufayli asalarilarning butun koloniyalari nobud bo‘ladi.
Siz qaysi maslahatni hayotda qo‘llashga tayyorsiz?
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.