Senatning 40-yalpi majlisi 3 may kuni o‘tkaziladi
Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Senatning qirqinchi yalpi majlisini 2023 yilning 3 may kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi va boshqa qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.