Senator yoshlarni o‘qish va izlanishdan erinmaslikka chorladi

Toshkent axborot texnologiyalari universetiti Samarqand filialida Oliy Majlis Senat a’zosi Farmon Toshev "Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va korrupsiyaning salbiy oqibatlarini oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda F.Toshev yurtimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar va ularning samaralari, sohadagi o‘zgarishlar jarayonida tarbiya va o‘qitish usullari haqida gapirdi. Yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘zlarining huquqiy, siyosiy savodxonligini oshirish kerakligi, korrupsiyaning salbiy oqibatlarga olib kelishi, bunday holga yo‘l qo‘yilganda qanday jazolar borligi haqida misollar bilan ma’lumot berdi.

Uchrashuv qizg‘in va munozalarga, maslahatlarga boy tarzda o‘tdi.

Maftuna Ubaydullayeva.