«Senimi, shoshmay tur!» multseriali muallifi vafot etdi
Sovet yozuvchisi, katta va kichik uchun birdek sevimli «Senimi, shoshmay tur!» animatsion serialining yaratuvchilaridan biri Aleksandr Kurlyandskiy 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning qarindoshlari 21 dekabr kuni "Exo Moskvi" radiostansiyasiga xabar berishdi.
Yozuvchining o‘limi sabablari ko‘rsatilmagan.
Kurlyandskiy "Senimi, shoshmay tur!" ko‘p seriyali multiplikatsion film ssenariysi mualliflaridan biri edi. Shuningdek, u "Baba Yagaga qarshi", "Ov mavsumi", "Adashgan to‘tiqushning qaytishi", "Qoyilmaqom Gosha" kabi multfilmlar ssenariylari ustida ishlagan. Uning zavqli, kulgili hikoyalari "Yeralash" dasturida ham suratga olingan. Muallifning bolalar uchun ko‘plab kitoblari chop etilgan.
1988 yilda Kurlyandskiy SSSR davlat mukofotiga, 2007 yilda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘lgan.
G.Xoldorova tayyorladi.