Shahar hokimi bir guruh OAV vakillarini kasb bayrami bilan qutladi
27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand shahar hokimligida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda shahar hokimi Fazliddin Umarov ommaviy axborot vositalari xodimlarini bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga qo‘shayotgan hissalari qatori, Samarqand shahrida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar zamirida jurnalist va blogerlarning fidokorona mehnatlari mujassam ekanligini ta’kidladi.
Tadbir so‘nggida soha vakillariga hokimlik tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.