Shamshod teraklar nega quvrayapti?

– Daraxtlar barg yozishni boshlagan mart-aprel oylarida terak oynachisi degan hasharot uchib keladi. Uzunligi 2,5-3 santimetr keladigan mazkur hasharot turi so‘nggi paytlarda daraxt kurtagiga urug‘ qo‘yib, ko‘payishni odat qilgan. Oradan ikki-uch kun o‘tgach, ulardan minglab hasharotlar chiqadi. Nihoyatda och bo‘lgani bois, terak bargini yoppasiga yemirib, fotosintez jarayonini to‘xtatib qo‘yadi.

Hasharotga qarshi kurashishda gonseao super, prema gold va benzaot super preparatlarini qo‘llash maqsadga muvofiq. Mazkur preparatlarni veterinariya dorixonalaridan emulsiya konsentrat, ya’ni suyuq va kukun holida olish mumkin. Preparat o‘n litr suvga tayyorlab olinadi. So‘ngra, zararlangan daraxt¬larga purkab chiqiladi. Zararkunanda hasharotlardan xalos bo‘lgan daraxt o‘zini qayta tiklab olish xususiyatiga ega. Bundan tashvishlanmaslik kerak. Tanasidan yana yosh barglar chiqarib, o‘sishda davom etadi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish lozim. Terak oynachisi faqat shamshod va Kaliforniya teragini yemiradi. Ko‘k terak, baqa terak va boshqa daraxt barglari bilan oziqlanmaydi.
Daraxtni har yilgi zararlanishdan asrash uchun, kuzda to‘kilgan barg¬larni ochiq sharoitda qoldirmaslik muhim. Chunki terak oynachisi o‘sha barglar orasida uyquga ketadi. Yerga ko‘milgan vaqtda, chirindiga aylanib, nobud bo‘ladi.

“Jomboy tongi” gazetasidan olindi.