Shavkat Mirziyoyev: Qaysi hokim bandlik masalasida bosh qotirib, bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashdi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu yilgi bitiruvchilarni o‘qish va ishga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Joriy yilda 451 mingdan ziyod yoshlar maktablarni va 188 ming nafari kollejlarni tamomladi. Bu yil qabul qamrovi kengaygani natijasida ularning 103 ming nafari oliy ta’lim muassasalariga va 90 mingtasi kollej-texnikumlarga o‘qishga kirganda ham, boshqalarining bandligini ta’minlash zarur. Shuningdek, 71 ming nafar talaba oliy o‘quv yurtlarini bitirdi.

– Qaysi hokim bu masalada bosh qotirib, bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashdi? Yosh o‘g‘il-qizlarimiz ertaga qayerga va kimga ish so‘rab murojaat qiladi? Hududda ular uchun ish o‘rinlari zaxirasi shakllantirilganmi? – deya savollar qo‘ydi davlatimiz rahbari.