Shimoliy Koreya Janubiy Koreya va AQSh mashg‘ulotlariga misli ko‘rilmagan javob qaytarilishidan ogohlantirdi
"Agar AQSh va Janubiy Koreya biz tajovuzkor urushga tayyorgarlik deb hisoblagan harbiy mashg‘ulotlar loyihasini amalga oshirsa, ular misli ko‘rilmagan, uzoq muddatli qat’iy javobga duch kelishadi", deyiladi STAKda chop etilgan Shimoliy Koreya TIV vakili maqolasida.
Shimoliy Koreya TIV vakilining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik kengashini o‘zining “KXDRga qarshi dushmanlik siyosatini amalga oshirish uchun noqonuniy apparati”ga aylantirmoqda.
“Haqiqat yaqqol ko‘rsatib turibdiki, aynan AQSh va Janubiy Koreya Koreya yarim oroli va mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni buzg‘unchi, qo‘zg‘atuvchilaridir. Biz Amerika Qo‘shma Shtatlarining didiga qarab suveren davlatning o‘z-o‘zini himoya qilishning adolatli huquqini muhokama qilayotgan, adolat va haqqoniylikdan iborat bo‘lgan o‘zining asosiy burchini unutib qo‘ygan BMT Xavfsizlik kengashini jiddiy ogohlantiramiz va qattiq qoralaymiz”, deyiladi maqolada.
KXDR TIV agar BMT Xavfsizlik kengashi AQShga ergashishda davom etsa, KXDR “muntazam harbiy harakatlardan tashqari qo‘shimcha choralar ko‘radi” deya ogohlantirdi.
Seul va Vashington kelasi oy qo‘shma "Ozodlik qalqoni" ( Freedom Shield) bahorgi mashqlarini o‘tkazishni rejalashtirgan.