Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning “harbiy qarama-qarshiligi” yuzaga kelgan taqdirda yadroviy qurol bilan javob berishi mumkin

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Kim Yo Chjonning aytishicha, Janubiy Koreya “harbiy to‘qnashuvga borsa”, Pxenyan yadro qurolidan foydalanadi. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi ma’lum qildi.

 “Agar Janubiy Koreya harbiy qarama-qarshilikka kirishsa, bizning yadroviy jangovar kuchlarimiz muqarrar ravishda o‘z burchini bajarishga majbur bo‘ladi”, deya Kim Yo Chjonning so‘zlarini keltirgan agentlik.

Shuningdek, u Janubiy Koreya mudofaa vazirining KXDRga qarshi zarba berish haqida gapirishi “juda katta xato” ekanini ta’kidladi.

Avvalroq Kim Yo Chjon Janubiy Koreya mudofaa vaziri So Ukni KXDRga qarshi oldingi zarba berish ehtimoli haqida gapirgani uchun “musr” deb atadi va bunday bayonotlar Seul uchun ayanchli oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgan edi.

Kim Chen Inning singlisi So Ukning 1 aprel kuni Janubiy Koreya qurolli kuchlari Shimoliy Koreyada “har qanday nishonni aniq va tez urish” imkoniyatiga ega bo‘lgan ko‘p sonli va turli raketalarga ega ekanligi haqidagi bayonotini qoraladi. KXDR zarba berishga tayyorlanayotgani aniqlangan taqdirda “har qanday hujum manbai, qo‘mondonlik va qo‘llab-quvvatlash vositalari”ga zarba berish imkoniyatini e’lon qildi vazir. So Uk, shuningdek, “shimolda mavjud bo‘lmagan ko‘p qatlamli ilg‘or raketaga qarshi mudofaa tizimini” ishlab chiqishni davom ettirishga va’da berdi.