Shimoliy Koreya navbatdagi raketani uchirdi, Yaponiya bosh vaziri Milliy xavfsizlik kengashini chaqirdi
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida KXDR tomonidan taxmin qilingan raketa uchirilishi ortidan Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirmoqda, deya xabar bermoqda Kiodo agentligi hukumatdagi manbalarga tayanib.
Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati bugun, 30 yanvar kuni ertalab KXDRdan ballistik raketa uchirilishi haqida ogohlantirdi. Yaponiya Mudofaa vazirligi ham uchirilishi ehtimolini ma’lum qildi. Dengizdagi kemalar diqqatini oshirish va shubhali ob’yektlar aniqlansa, ulardan uzoqroq turish tavsiya etildi.
Raketa sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan Yaponiya bosh vazirligi idorasida inqirozga qarshi shtab tashkil etilgan. NHK ma’lumotlariga ko‘ra, Kisida “mas’ul bo‘limlarga uch yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishga topshiriq bergan: vaziyatni batafsil tahlil qilish, jumladan, havo va dengiz transport xavfsizligini ta’minlash, odamlarni o‘z vaqtida batafsil xabardor qilish, yuzaga kelgan vaziyatda barcha zarur choralarni ko‘rish".
Keyinchalik, Yaponiya hukumati bosh kotibi Xirokazu Matsuno, raketaning aniq xususiyatlari hali tahlil qilinayotganiga qaramay, "ballistik raketalar standart ko‘rsatkichlariga asoslanib, raketa 800 kilometr, maksimal parvoz balandligi 2 ming kilometr atrofida uchgani, parvoz vaqti taxminan 30 daqiqani tashkil etgani taxmin qilinmoqda.
Raketa uchirilishi munosabati bilan Yaponiya hukumati "qat’iy norozilik" bildirdi, deya qo‘shimcha qildi Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi.
Agar uchirish haqidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, bu Pxenyanning yil boshidan beri o‘tkazgan yettinchi qurol sinovi bo‘ladi. Bungacha, 5 va 11 yanvar kunlari Shimoliy Koreya gipertovushli raketalarni sinovdan o‘tkazdi, 14 yanvarda temir yo‘l raketa tizimidan ikkita qisqa masofali ballistik raketa uchirildi, 17 yanvarda Shimoliy Koreya ikkita qisqa masofali taktik boshqariladigan raketalarni sinovdan o‘tkazdi. 25 yanvarda - qanotli raketalar, 27 yanvarda esa taktik yerdan yerga boshqariladigan raketalar uchirilgan.