Shimoliy Koreya Tokio Olimpiadasida qatnashmasligini bildirdi
- 06.04.2021 11:53
- 71
- Xorij
Xabaringiz bor, Tokioda 2020 yilning yozida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari pandemiya sababli 2021 yilga qoldirilgan edi.
Shunga ko‘ra, shu yil 23 iyuldan 8 avgustgacha Tokio shahrida Olimpiada, 24 avgustdan 5 sentyabrgacha Paralimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
"Interfaks"ning yozishicha, 25 mart kuni Pxenyanda bo‘lib o‘tgan Shimoliy Koreya Olimpiya qo‘mitasi Bosh assambleyasi yig‘ilishida qabul qilingan qarorga ko‘ra Shimoliy Koreya ushbu Yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashmaydi.
KXDR Olimpiadada qatnashishdan bosh tortish orqali o‘z sportchilarini global koronavirus pandemiyasidan himoya qilmoqchi.
"Koreya Xalq Demokratik Respublikasi koronavirus bilan bog‘liq sog‘liqni saqlashdagi global inqirozdan sportchilarimizni himoya qilish uchun 32-Olimpiadada qatnashmaslikka qaror qildi", deyilgan xabarda.