Shisha uy

80 kvadrat metr maydonga ega shisha uy qurish uchun necha shisha shampan ichish kerak? Bilmaysiz-a? Chelyabins oblastida Techen qishlog‘ida yashovchi Hamidulla Ilchibayev esa biladi.

U ichkilikka mukkasidan ketgan ekan-da, deb o‘ylamang. Hamma qatori ichib turadi, qo‘shnilari ham bo‘sh kelmaydi. Xullas, u o‘ylab qarasa, garajlarda oz emas-ko‘p emas, 5 mingta shisha to‘planib qolibdi. Ilchiboyev ularni qabul punktida shampan shishasiga almashtirdi. Qo‘shnilar joyni egallab yotgan shishalardan qutulishgani uchun Ilchiboyevga rahmat aytishdi. Hamidulla nima qildi, deng. Shampan shishalaridan odamlar havas qiladigan uy qurdi. Yetmay qolgan 4 mingta shishani bir rubldan sotib oldi, bir qismini shahar restoranlari sovg‘a qildi.

Uyning poydevori mustahkam fundamentdan. Fundament ustida 100 millimetrli temir brus karkaslar turibdi.

"Devor esa shampan shishasidan – araq, pivo, vino shishalaridan ham devor tiklash mumkin edi, - deydi Hamidulla, - biroq shampan shishasi devorga 164 ta shampan shishasi  ketadi. Qurilish bo‘yicha ekspertlar shisha uy barcha qurilish talablariga javob berishini ta’kidladilar.

Hamidullaning g‘ayrioddiy uy qurgani barchani qiziqtirib qo‘ydi, deb hikoya qiladi «Mir novostey» (2021 yil 22-son) gazetasi. Avvaliga u shishadan hammom qurmoqchi bo‘ldi, unga atigi 5 404 ta shisha sarflandi. Shishadan uy qursa bo‘lmasmikan?». Qishloq soveti bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi: Hamidullaga 15 sotix yer yer ajratib berdi.

- Shisha g‘ishtdan ko‘ra yaxshiroq, - deydi u. – Besh marta yengil, 11 marta arzon.

Shisha uy unga bor-yo‘g‘i ikki ming rublga tushibdi. Arzon va chiroyli. Yana deng qishloq xonadonlarida endi bo‘sh shishalar joyni band qilib yotmaydi.

T.Shomurodov tayyorladi.