Shizofreniya tashxisi qo‘yilgan mashhur kishilar
Buyuk san’atkorlar, yozuvchi va olimlar o‘rtasida jiddiy psixologik muammolarga duchor bo‘lgan, lekin ularning bu tashxislari o‘zlari haqida yaxshi xotira qoldirishlariga to‘sqinlik qilmagan insonlar ko‘p. Bugun o‘zlarining ijodiy va ilmiy faoliyati natijasida fan va madaniyatda o‘chmas iz qoldirgan va dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan buyuk shizofreniklar haqida so‘z yuritamiz.
Fridrix Vilgelm Nitsshe
Juda ko‘p hollarda bu tashxis ko‘pgina daholarga qo‘yilgan. Masalan, Fridrix Vilgelm Nitsshega oddiy shizofreniya emas, balki uning aql xiralashishi, kuchli bosh og‘rig‘i va noo‘rin xatti-harakatlari bilan ajralib turadigan yadroviy mozaika turi jiddiy tashxisi qo‘yilgan edi.
U etikda suv ichar, oddiy qo‘riqchida Bismark (Germaniya imperiyasining birinchi kansleri)ni ko‘rar va singan shisha parchalaridan to‘siq qurardi. Nitsshe avlodlar xotirasiga bu amallari bilan emas, balki mutafakkir, filolog, bastakor shoir va o‘ziga xos falsafiy ta’limot yaratuvchisi sifatida qolgan.
Filipp K.Dik
Shizofreniyaning yengil shakli yozuvchi Filipp K.Dikda bo‘lgan, u keyingi nashrlarda “Ustara tig‘i bo‘ylab” nomi bilan tanilgan “Androidlarning elektr qo‘ylar haqidagi orzusi” (1968 y.) va “Ulgurji va chakaga savdo xotiralari” nomli fantastik romanlari bilan mashhur bo‘lgan. Ba’zilarning fikriga ko‘ra, aynan shu kasallik muallifga kitoblarining shunday nomlanishi va syujetini yaratishga yordam bergan.
Vinsent Van Gog
Gollandiyalik post-impressionist rassom ko‘pgina rasmlarini tez-tez uchragan shizofreniya tutilishi paytida yaratgan deb ishonishadi. Bu davrda u bir necha kun davomida uxlay olmagan va kuniga bir nechtalab asar yaratgan.
Nikolay Vasilevich Gogol
Gogolning hayoti va ijodini o‘rganuvchilarning fikriga ko‘ra, u klaustrofobiya bilan to‘ldirilgan davriy psixoz va shizofreniya bilan og‘rigan. Nikolay Vasilevichga tez-tez ovozli va ko‘zga ko‘rinmaydigan gallyusinatsiyalar “tashrif buyurib” turgan. Asarlarining ba’zi qahramonlarini yozuvchi ular asosida yaratdi. Ruhsizlik holati va depressiya keskin ravishda haddan tashqari faollik va ilhom davrlari bilan almashib turgan. O‘zi haqida esa yozuvchi uning tana a’zolari joyidan siljigani va hatto teskari joylashganini aytgan.
Isaak Nyuton
Ba’zi tadqiqotchilar Isaak Nyutonda shizofreniya va bipolyar parokandalik kasalligi bor bo‘lgan deb hisoblashadi. U ajoyib matematik va fizik edi, lekin kayfiyati soat sayin o‘zgarib turgani bois, u bilan gaplashish nihoyatda qiyin kechgan.
Parvin Babi
Bollivudning eng jozibali kinoaktrisasi hisoblangan Parvin Babi o‘ttiz yoshida shizofreniyadan davolana boshlagan. Vasvasaga tushgan paytida u Markaziy razvedka boshqarmasi, KGB va Mossad bo‘limlarini uning o‘limini xohlayotganligida ayblagan.
Jon Nesh
1994 yilda iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, o‘yin nazariyasi va defferensial geometriya sohasida ishlagan amerikalik taniqli matematik Jon Forbs Nesh haqida “Idrok o‘yinlari” filmi suratga olingan. Shunisi e’tiborga loyiqki, Jon Nesh o‘z kasalligi bilan murosaga kela oldi va kasallik namoyon bo‘lgan paytda e’tibor bermaslikni o‘rgandi, o‘z o‘rnida shifokorlar dastlab kasallikning yaxshilanishi deb hisoblagan. Afsuski, Nesh 2015 yilda avtohalokat oqibatida vafot etdi.
***
Mashhur shizofreniklarning ushbu qisqacha ro‘yxatidan biz aqldan ozish va iste’dod o‘rtasidagi bog‘liqliklar to‘g‘risida xulosa chiqarishimiz mumkin. Afsuski, daholik mashhur kishilarga shunchalik qimmatga tushgan ekan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.